Man xorazmli akanimnan Xorazmdagi har bir xorazmlini yech birinnan kam yoki ortiq faxrlanimman. Shu sababdan tabiiy va muntazam ravishda Xorazmlilani tarixina oid ILMIY ma'lumotlarni topisha, urganisha va tariximizni tushunisha harakat ataman.
Silani ishontirib oytishim mukinki, biza shunchalli faxrlanadowin Xorazm tarixi dim kam urganilgan va Xorazm haqqinda yig'ilgan ma'lumotla (yozma va arxeologik) bizani faxrlanadowindin Xorazmni tasvirlash uchun yetarli amas. Natijada Xorazm tarixi haqqinda dunyo olimlari o'rtasinda ko'plab baxs va galishmovchiliklar bor.
Xorazmni 1000lab yilliq tarixinda Kalta minor, Tozaboyg'op madaniyatlari haqinda gaplimiz, lekin bu insoniyatni evolyussion rivojindagi bir bosqichni isbotinnan boshqa narsa amas. BIzani bu madaniyatlarimiz, sopolni kashf atish, dehqonchilika o'tish va hokazo davlarda, Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindistonda butun boshli davlatchilik shakllanib, sharla, sanat asarlari gullab yashnagan.
Bu bilan man biza qoloqmiz dajakmasman. Mani oytjoqim shundin qadimiy dab bilgan Xorazmimizni tarixi dim kam urganilgan dajakman. BIzani tarixni alohida o'zlik barib urgangan birgina olim bu Tolstov bo'lodi. Vuni urganganlari va qoldirgonlari degizdan bir domchi xolos.
Dunyoda Tolstov va o'zimizni mahalliy olimlarimizdan boshqa dunyoni hamma olimlari Xorazmni Eron va eroniy madaniyatni bir bo'lagi sifatinda go'radi. Ishonmasangizla lyuboy chet el adabiyotini o'qib go'ringla, hammasinda "qadimiy Xorazm dagan eroniy davlat", yoki do'g'ridon do'g'ri "shimoli-sharqiy eron" dab yuritiladi.
Qadimda Eron va Turon yerlari bo'lgan. Hatto shu klassifikassiyadam Xorazm Eroniylarni xududina, Movaraunnahr, ya'ni O'zbekistonni qolg'on yerlari TUronga kiritilgan. Avestoda Xorazmni "Arian VIajam" dab oytgon, ya'ni bu Eroniylar yeri dagan ma'noni bildiradi.
Yaqinda turklani tarixini o'qib chiqdim. Biza Xorazm dagan turkiy xalqmiz dasak, Xorazmda davlatchilik paydo bo'lg'ondo, turkla hali Sibirdan O'rta Osiyog'o galmaganlaram. Demak biza turkla galgannan keyin turklashganmiz.
Ota-bobolarimiz asa Xorazmli eroniyla bo'lg'onmi, Xorazmli xorazmlila bo'lg'onmi dagan savol do'g'ilodi. Agar biza xorazmli eroniyla bo'lib, xorazmli turklabo'lib getgan bo'lsaq, bu narsani ochiqchasina tan olish garak.Agar biza avaldan Xorazmli xorazmlila bo'lsaq, bu narsa hali dunyoda garakincha isbotlangan amas va xorazmliman dagan har birimiz bu narsani amala oshishi uchun harakat atishimiz garak. ILmiy tadqiqotlar, arxeologik qazishmalarni rag'batlantirishimiz va dunyo miqyosinda bu ma'lumotlani yoyilishini ta'minlashimiz garak.
Vungocha asa rostdanam, biza asli kimmiz dagan savola javobni o'zimiz uchunam javobii topsoq yaxshi bo'lor adi.
Shu nuqtai nazardan, xurmatli ishtirokchilar, agar silarda shu savolo doir javob, ilmiy manba va ma'lumot, qiziqarli fikr va mulohazala bo'lsa, arzinmasdan shu temada baham go'rishlaringizni so'rimon.
Agar Xorazm va xorazmlilara oid boshqa ilmiy baxs, galishmovchilikla haqinda bilsangizam shu temaga yozingla, birgalikda muhokama atamiz.